Masofaviy ta’lim makonini takomillashtirishda informatsion resurslar va texnologiyalar integratsiyasi va didaktik ta’minot

  • Respublika miqyosida
  • 2020-03-19
  • Barcha tillarda
Konferensiya boshlanishiga:

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-F-sonli farmoyishining 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan respublika miqyosida о‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida  2020 yil 19 mart kuni «Masofaviy ta’lim makonini takomillashtirishda axborot resurslari va texnologiyalari integratsiyasi va didaktik ta’minoti» mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman о‘tkaziladi.

Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan:

1. Ta’lim muassasasi axborot makonini takomillashtirish muammolari;

2. Masofaviy ta’lim axborot makonini takomillashtirishda axborot resurslarining о‘rni va ahamiyati;

3. Ta’lim muassasasi masofaviy ta’lim axborot makonini takomillashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalari;

4. Axborot resurslari va texnologiyalari integratsiyasi muhitida axborot makonini takomillashtirish masalalari;

5. Axborot resurslari va texnologiyalari integratsiyasi muhitida aniq va tabiiy fanlarni о‘qitish.

            Anjumanda oliy va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari professor-о‘qituvchilari, katta ilmiy xodim- izlanuvchilar va iqtidorli talabalar qatnashishi mumkin. Anjumanda ishtirok etish istagini bildirganlar о‘z ma’ruzalarini 3 sahifadan kam bо‘lmagan va 6 sahifadan oshmagan matnini maqola tarzida tashkiliy qо‘mitaga 2020 yilning  10 martgacha elektron va qog‘oz nushalarini taqdim etishlari sо‘raladi. Anjumanning ishchi tillari о‘zbek, rus va ingliz tilida.

            Maqolani rasmiylashtirish talablari:

  1. Jadvallar, sxemalar, rasmlar MS WORD 2003 va undan keyingi versiyasida, formulalar MathType formula redaktorida yozilishi shart.
  2. Sahifalar о‘ngdan - 2,5  sm. yuqoridan, pastdan, va chapdan - 2 sm.
  3. Shrift Times New Roman, о‘lchami – 14.
  4. Interval - 1,5. Abzats: 1 sm. Bitta bо‘sh qatordan sо‘ng markazdan bosh xarflar (qalin) bilan ma’ruza mavzusi.
  5. Bitta bо‘sh qatordan sо‘ng markazdan muallif(lar)ning familiyasi, ismi va sharifi yoziladi.
  6. Keyingi qatorda ish bajarilgan muassasaning tо‘liq nomlanishi, shahar (viloyat).
  7. Bitta bо‘sh qatordan sо‘ng abzatsdan ma’ruza materiali (maqola).
  8. Adabiyotlar rо‘yxati matn sо‘ngida adabiyotlarga havola tartibida keltiriladi. Matnda adabiyotlarga kо‘rsatmalar kvadrat qavs ichida (adabiyotlar rо‘yxatidagi tartib nomeri) keltiriladi. Sitatalar keltirilganda manbaning beti kо‘rsatilishi shart, masalan [1, 23-b.].
  9.  Anjuman materiallari elektron versiyasi faylini nomlashda quyidagi tartibga rioya qilinishi sо‘raladi: seksiya nomeri_muallif(lar) familiyasi va ismi, shariflarining bosh harflari (masalan: 2_Abdullayev A.N.)
  10.  Matn oxirida muallif(lar)ning elektron manzili, telefon raqamlari kо‘rsatilgan ma’lumot ilova qilinadi.

Anjuman materiallari chop qilinishi rejalashtirilgan. Talablarga javob bermagan yoki taqrizdan о‘tmagan materiallar chop qilinmaydi, muallifga qaytarilmaydi. Tо‘plamga kiritilgan maqolalarning har bir sahifasini chop etish harajatlari uchun muallifdan badal olinishi nazarda tutilgan.

Manzil: Toshkent shahar Chilonzor tumani, Bunyodkor kо‘chasi, 27 uy, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Informatika va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi. 

Tel: (+99890) 935 2702, (+99897) 420 37 17.  E-mail:  tsamar@mail.ru

Jami maqolalar soni

0

Sho`balar bo`yicha