Ijtimoiy tahdidlarga moyil oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni barqarorlashtirishning gerantopedagogik asoslari

  • Respublika miqyosida
  • 2020-03-25
  • O`zbek tilida
Konferensiya boshlanishiga:

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-F sonli farmoyishining 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2020 yil 25 mart kuni “Ijtimoiy tahdidlarga moyil oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni barqarorlashtirishning gerontopedagogik asoslari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Anjuman tashkilotchisi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi.

Anjumanga maqola va tezislar quyidagi yo‘nalishlar doirasida qabul qilinadi:

  1. Ijtimoiy tahdidlarga moyil oilalarni aniqlashtirish hamda ular bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib borishda mahalla institutlarining roli;
  2. Yoshlar tarbiyasida keksa avlod ta'sirini yanada oshirishda ustoz shogird an'analarining ahamiyati;
  3. Gerontopedagogika – innovatsion texnologiyalar: ta'lim tizimidagi umumiy va xususiy jihatlari;
  4. Diniy va milliy qadriyatlar asosida shakllangan keksalar maktabining bugungi kundagi o‘rni va roli.  Anjumanning rasmiy tili: o‘zbekrusingliz. Anjuman materiallarini rasmiylashtirish talablari: Maqola hajmi 3 betdan 6 betgacha, elektron shaklida (MS WordTimes New Roman, *.rtf), 14 shriftda1,5 intervaldachapdan 30 mmo‘ngdan 15 mm, tepadan va pastdan 20 mm qilib rasmiylashtirilishi lozim. Tezis mavzusi bosh harflarda; muallif(lar)ning F.I.Sh., ilmiy darajasi, ish joyi mavzudan so‘ng; 1,5 intervaldan keyin material matni yoziladi. Material elektron va qog‘oz shaklda topshirilishi so‘raladi. To‘plamga kiritiladigan materiallar mazmuni va ularning to‘g‘riligiga mualliflar javobgor. Talablarga javob bermaydigan materiallar qabul qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Mavzu orqali ko‘tarilgan muammo, uning yechimi, ilmiy amaliyahamiyati va xulosasi kisqa mazmunda berilishi, turli sitata, jadval va sxemalar keltirilishi, hamda havolalar satr ostida berilishi mumkin (Masalan: Musurmonova O. Oila ma'naviyati – milliy g‘urur. – T.: O‘qituvchi, 1999. B - 195. Konferensiya materiallari 2020 yilning 15 martga qadar (aziza.turgunova.88@mail.ru) elektron pochtasi hamda telegram nomeri (+998977970770) orqali qabul qilinadi. Konferensiya materiallarini to‘plam shaklida chop etish uchun tezisning har bir sahifasi uchun 12 000 so‘m miqdorida tashkiliy badal mablag‘larini to‘lashlari zarur. To‘lovlar naqd pul orqali amalga oshiriladi. Anjuman materiallari to‘plami mualliflar matnidan bevosita o‘zgartirishsiz chop etiladi. Ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirib yuborilgan yoki ko‘rsatilgan talablarga javob bermaydigan tezislar chop etilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. MUROJAAT UChUN MANZIL: Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Xojib ko‘chasi 103 uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakul'teti “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi 3.09-xona.

Mas'ul: “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri Nuriddin Qolqanov (+998931713774), Aziza Turg‘unova (+998 97 7970770).

Jami maqolalar soni

0

Sho`balar bo`yicha